Suratlarda bahor, ayol va tabiat ifodasi

Suratlarda bahor, ayol va tabiat ifodasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma tashkil etildi.

24.JPG

4.JPG
Ko‘rgazmaning ochilishida ta’kidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda.

1.JPG

5.JPG
15.JPG
Bayramga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmani ham bahor, ayol, beg‘ubor tabiat uyg‘unligining o‘ziga xos ifodasi deyish mumkin. Mohir fotomusavvir Rustam Sharipovning suratlari ona tabiatga cheksiz mehr bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, Iskandar Sodiqov o‘z fotoasarlarida borliqning oddiy, ham mo‘jizakor tarovatini aks ettirishga intiladi. Muhammad Amin hamda Eduard Mashkovning ijodiy ishlari yurtimizda qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlardan so‘zlasa, Irina Shur diyorimizda ahillik va hamjihatlikda istiqomat qilayotgan ko‘plab millat va elat vakillarining ezgu intilishlarini asosiy mavzu qilib olgan. Bobur Olimxo‘jayev, Gayane Avanesyan, Ikrom Xudoybergenov, Feliks Asqarxo‘jayev singari ijodkorlarning ijod namunasi onalarga cheksiz ehtiromi, samimiyati, yorqin va ta’sirchanligi bilan fotografiya san’ati muxlislariga manzur bo‘lmoqda.

 

Nazokat Usmonova, A’lo Abdullayev (surat), O‘zA

  07.03.2018, 08:28  |    214 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!