Qozog‘iston elchisi Qoraqalpog‘istonda

Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev uch kunlik safar bilan Qoraqalpog‘istonga keldi.

Mehmon bilan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, hududiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

4.jpg

Ye.Utembayev qishloq ho‘jaligi, fan, ta’lim, turizm, tibbiyot, farmatsevtika sohalarida mintaqalararo sheriklik uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Qozog‘iston elchisi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida respublikadagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Shuningdek, mehmon Xo‘jayli tumanidagi Logistika markazida, Nukus shahridagi “Nukus polimer” MChJ va “Nukus elektroapparat” qo‘shma qorxonasida bo‘ldi.

 

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA