Haydovchilarning malakasini oshirishda yangi o‘zgarishlar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2018-yilning 1-iyundan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 

Ular o‘quv jarayoniga darslar o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish, butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning mavjud bo‘lishi, har bir ta’lim oluvchi (tinglovchini) ushbu o‘quv qo‘llanma bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturlarining mavjud bo‘lishi, har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan ta’minlash, har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ko‘p auditoriyalarning mavjud bo‘lishi kabi sharoitlarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Bu haqda batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun saytimizni kuzatib boring…

 

O‘zA