Poytaxtimizda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan mamlakat chempionatida ming nafarga yaqin sportchilar o‘zaro raqobatlashdi.

Kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan chempionatda Muhayyo Sotqinboyeva, Gulshoda Tursunboyeva, Dilnavoz Karimov, Kamola Omongeldiyeva, Guljahon Umarova, So‘g‘diyona Jamoliddinova, Setora Mannopova, Nilufar Davletova hamda Madina Ergasheva o‘z yosh toifalarida g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda Farhod Jo‘rayev, Valijon Shokirov, Abdujamol Xo‘jamurodov, Alisher Abduraimov, Ahmad Alimbekov, Alisher Xoliqov, Omonjon Rahmonov, Farmon Nishonboyev shohsupaga ko‘tarildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA