Toreniyaz tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi

Toreniyaz tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi

Joriy yil 27-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahri Oybek ko‘chasida istiqomat qiluvchi Toreniyaz Qutibayev tomorqasidan ulkan ko‘za topib oldi.

1 (1).jpgYangilikdan xabar topgan mutaxassislar mazkur arxeologik topilmani ko‘zdan kechirib, ko‘za XII-XIII asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

–Бу arxeologik topilma birinchisi emas. Bo‘ston shahri hududidan ilgari ham bir necha bor arxeologik materiallar topilgan, – deydi O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘ayratdin Xo‘janiyazov. – Mahalliy xalq e’tirofiga ko‘ra, qadimda Ellikqal’a tumani hududida 50 ta qal’a bo‘lgan. Bugungi kunda tumanning 21 arxeologik yodgorligi davlat ro‘yxatiga olingan. Ularning ba’zilari Bo‘ston shahri hududida joylashgan. Ya’ni, miloddan avvalgi IV-III asrlar va milodiy XII-XIII asrlarga oid bo‘lgan 1-Qavatqal’a yoki Katta Qavatqal’a va milodiy XII-XIII asrlarga tegishli 3-Qavatqal’a yodgorliklari saqlangan. 2-Qavatqal’aning esa hovlilari biroz buzilib ketgan.

Arxelogik topilma tuman markazidagi S.Tolstov nomidagi muzeyga topshirildi.

 

Anvar Nasirlayev, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA

  22.02.2018, 08:18  |    246 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!