O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilganiga 25 yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Qiroli Abdulla II ibn Husayn 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.