Futzalchilarimiz Osiyo chempionatida bronza medalni qo’lga kiritdi

Xitoy Taypeyida futzal bo’yicha o’tkazilayotgan Osiyo chempionatining uchinchi o’rni uchun o’tkazilgan bahsda O’zbekiston va Iroq terma jamoalari o’zaro bahslashdi.

Keskin va murosasiz o’tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 4:4 hisobi qayd etildi va g’olibni aniqlash penaltilar seriyasiga qoldi. Asosiy vaqtda terma jamoamiz a’zolaridan Davron Choriyev, Ilhom Hamroyev bittadan gol urgan bo’lsa, Artur Yunusov o’yinda raqib darvozasini ikki marotaba ishg’ol etdi.

Penaltilar seriyasida terma jamoamiz 2:1 hisobida g’alaba qozonib, musobaqaning uchinchi pog’onasidan joy oldi.

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA