Qoraqalpog‘istonda g‘ayrioddiy velosiped ixtiro qildi

Ustyurt gaz-kimyo majmuasining Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi otryadi mutaxassislari yong‘inning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni takomillashtirish maqsadida obyektlarni kuzatib borishga ixtisoslashtirilgan g‘ayrioddiy velosiped turini ixtiro qildi.

Bu yangi topilma birlamchi yong‘inni bartaraf qilish asbob-uskunalari bilan ta’minlangan, takomillashtirilgan velosiped bo‘lib, u diametri 66 millimetrlik bir dona yong‘in o‘chirish yengi (QD-70 bilan), diametri 66×77 millimetrlik bir dona ulagich (perexodnik), ikki dona OP-5 markali yong’in o‘chirgich, bir dona 100 metrlik qutqarish arqoni, bir dona tovush kuchaytgich uskunas, bir dona yengil lom, bir dona yengil bagor, bir dona yong‘in o‘chirish bolg‘asi, bir dona fonarik (migalka, bir juft kichik fonar), bir dona tibbiyot qutichasi, bir dona 4×4 metrlik kigiz, bir dona gidrant ochish kalitidan iborat.

Velosiped sinovdan o‘tkazilib, foydalanishga qo‘yilgan.

photo_2018-02-09_00-20-11.jpg
photo_2018-02-09_00-20-12.jpg
photo_2018-02-09_00-20-23 (2).jpg
велик2.jpg
велик3.JPG
велик4.JPG
Moldir Igilikova,
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi

 

O‘zA