O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali aholini kontrafakt matbaa mahsulotlaridan hushyor bo‘lishga chaqirdi

Eslatmada aytilishicha, kontrafakt matbaa mahsulotlari – davlat standartlari hamda belgilangan me’yoriy hujjatlarga zid tayyorlangan va chop etilgan matbaa mahsulotidir.

Bunday mahsulotlari yosh avlodning salomatligi, raqobatning izdan chiqishi va iqtisodiyotning mo‘’tadil o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ularni ishlab chiqarish, tarqatish va sotish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining muayyan moddalari bilan ta’qiqlangan. Xususan, kodeksning 165-moddasida litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish –fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi qayd etilgan, deyiladi O‘zMAA eslatmasida.

 

O’zA