Yaponiya Bosh vaziri
Sindzo Abe
Janobi Oliylariga

Janobi Oliylari!

Fukuoka va Oita prefekturalarida ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va vayrongarlik bo‘lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.

Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, barcha jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman.

Qayg‘u bilan,

Shavkat Mirziyoyev, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti