Dzyudochilarimiz Parijda bahslashadi

Joriy yilning 10-11 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqada dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 500 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashadi.

Unda O‘zbekiston sharafini 66 kilogrammgacha vaznda Sharofuddin Lutfullayev, 66 kilogrammgacha vaznda Sardor Nurillayev, 73 kilogrammgacha vaznda XikmatilloTo‘rayev va 81 kilogrammgacha vaznda Akmaljon Najmiddinov himoya qiladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA