Qoraqalpog‘iston axborot agentligi (QAA) to‘g‘risida

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat matbuot organi hisoblanadi.
Agentlik o‘z ish faoliyatini 1954 yil O‘zTAG (O‘zbek axborot agentligi)ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi sifatida boshladi. U paytlari bo‘lim asosan mahalliy gazetalarda chop etiladigan va radio orqali uzatiladigan TASS xabarlarini va boshqa rasmiy materiallarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullangan. 1976 yil O‘zTAGning Qoraqalpog‘iston bo‘limi huzurida xabar tayyorlash tahriririyati tashkillashtirildi. Ayni paytda bo‘lim xodimlari faqat tarjima bilan shug‘ullanmasdan, kunning eng dolzarb mavzusidagi axborot, maqola va reportajlar ham tayyorlay boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 5 fevraldagi Formaniga asosan, O‘zbek axborat agentligi (O‘zTAG) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) bo‘lib qayta tashkillashtirilgandan keyin O‘zTAGning Qoraqalpog‘iston bo‘limi asosida Qoraqalpog‘iston axborot agentligi tashkil etildi.
QAA O‘zbekiston Milliy axborot agentligi orqali mamlakatimizning barcha ommaviy axborot vositalariga Prezidentimiz va Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan farmon, qaror, farmoyishlarini, shuningdek, muhim siyasiy ahamiyatga molik va boshqa materiallarni qoraqalpoq tilida uzatib boradi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi faoliyatiga oid rasmiy materiallarni tayyorlaydi va respublika miqyosida bo‘lib o‘tadigan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini yoritib boradi.
QAA xabarlari o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida uzatiladi.

  02.06.2017, 07:54  |    1816 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!